Futbol bo‘yicha 2006 yilgi jahon chempionati mezbonligi Tailand va Janubiy Koreya sanoatiga yirik investitsiyalar kiritish va Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berish evaziga Germaniyaga topshirilgan. Bu haqda, Die Zeit’ga asoslanib, Meduza.io xabar bermoqda.
Xususan, Germaniya avtomobsozlik kompaniyalaridan biri Janubiy Koreyadagi shirkatlardan biriga bir necha yuz million yevro miqdorida sarmoya kiritgan – mazkur koreys kompaniyasi asoschisining o‘g‘li FIFA ijroiya qo‘mitasi a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berish haqidagi qarorni Germaniyaning o‘sha vaqtdagi kansleri Gerxard Shryoder JCH-2006 mezboni nomi aniq bo‘lishiga bir hafta qolganida qabul qilgan.
Germaniya 2006-yilgi jahon chempionati final bosqichi mezboni nomini 2000-yil 6-iyulida qo‘lga kiritgan. U mezbonlik uchun kurashda Braziliya, Marokash, Angliya va JARni ortda qoldirib, eng yaqin ta’qibchisidan bir ovozga o‘zib ketgan.
Die Zeit’ning surishtiruvida qayd etilishicha, JCH-1998 mezbonligi Fransiyaga, JCH-2002 mezbonligi Yaponiya va Janubiy Koreyaga, JCH-2010 mezbonligi Janubiy Afrikaga va JCH-2014 mezbonligi Braziliyaga berilishida ham qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.