Amerikalik Jim Kuli qizini kutib olish uchun Jorjiya shtatidagi Atlanta Xalqaro aeroportiga chiqqanida o‘qlangan avtomatni o‘ziga hamroh qildi, deb xabar beradi “TASS”. AQSh Federal qidiruv byurosi bu ishi bilan Kuli hech qanday qonunni buzmaganini qayd etdi.
Kuli avtomati borligini yashirmagan va uni bo‘yniga osib olgandi. U havo bandargohida qurol bilan bemalol sayr qildi va qo‘ngan yo‘lovchilarni kutish zaliga kirdi. O‘sha yerda u xavfsizlik xodimlari e’tiborini tortdi.
“Qurol menga xavfsizlik yuzasidan kerakligini tushuntirdim, — dedi Kuli jurnalistlarga. — Nima bo‘lishini hech qachon bilmaysan”. U shtat qonunlariga ko‘ra, jamoat joylarida o‘qlangan qurol bilan paydo bo‘lishga va zarur holatda undan foydalanishga haqli ekanligini aytdi.
Kuli hech qanday qarshiliksiz qizini qarshi oldi va u bilan bir nechta suratga tushdi.
2014-yilda Jorjiyada qabul qilingan qonunga ko‘ra, ba’zi fuqarolarga qurol bilan jamoat joylariga, shu jumladan aeroport, bar, maktab va cherkovga kirishga ruxsat etilgan.
Izoh (0)