AQSh prezidenti saylovida ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar soni yana bittaga ko‘paydi. The Washington Post xabariga ko‘ra, Rod-Aylend shtati sobiq gubernatori Linkoln Cheffi davlat rahbari o‘rni uchun kurash olib borishini e’lon qildi.
“Bugun men Demokratik partiyadan nomzod sifatida prezidentlik sayloviga nomzod sifatida rasman qo‘shilaman”, - dedi Cheffi Shimoliy Virjiniyadagi chiqishi chog‘ida.
Prezidentlikka yangi nomzod o‘zining asosiy maqsadi barcha urushlarni tugatish ekanligini ma’lum qildi. “Kelinglar, Amerikaning yangi asrida butun dunyoda tinchlik o‘rnatamiz”, - dedi Cheffi.
Shuningdek, u o‘lim jazosini bekor qilish, Edvard Snoudenni ta’qib qilishni to‘xtatish va Venesuela bilan munosabatlarni qayta tiklash tarafdori ekanligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)