Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Qarag‘ayli qishlog‘i yaqinida katta harflar ko‘rinishida daraxt ko‘chatlari o‘tqazib chiqildi. Nur.kz’ning xabar berishicha, mazkur ko‘chatlar “Semey o‘rmani” kompaniyasining Bukebayev filiali xodimlari tomonidan ekib chiqilgan.
Daraxtlar yordamida shakllantirilgan harflarning har birini uzunligi 70, kengligi esa 50 metrga teng. Ko‘chatlar yordamida “yozilgan” “Kazaxstan-2050” yozuvi 1200 metr masofaga cho‘zilgan.
Yozuvni hozirning o‘zida qush parvozi balandligidan tomosha qilish mumkin. “Semey o‘rmani” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qarag‘aylar bo‘y cho‘zib, haqiqiy daraxtga aylanganidan so‘ng yozuvni fazodan turib ham ko‘rsa bo‘ladi.
Izoh (0)