Latviya parlamenti amaldagi mudofaa vaziri Raymond Veyonisni mamlakat prezidenti etib sayladi. Bu haqda Eurointegration.com.ua xabar bermoqda.
Veyonis nomzodini qo‘llab-quvvatlab 55 deputat ovoz berdi. Parlamentning 42 a’zosi unga qarshi chiqdi.
Avval xabar berilganidek, parlamentdagi saylovda g‘olib chiqish uchun prezidentlikka nomzod shaxs kamida 51 nafar deputat ovozini olishi kerak edi.
Oliy davlat lavozimiga to‘rt nomzod: hukumat koalitsiyasidan ikki kishi – mudofaa vaziri Raymond Veyonis (“Yashillar va dehqonlar ittifoqi”) va huquqshunos Egils Levits (“Hamma – Latviyaniki”) va muxolifat partiyalaridan yana ikki kishi – Martinsh Bondars (“Mintaqaviy alyans”) va Sergey Dolgopolov (“Hamjihatlik”) da’vogarlik qildi.
Amaldagi prezident Andris Berzinsh esa shaxsiy sabablarga ko‘ra ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi.
Izoh (0)