Shekspirning taniqli “Globus” teatri noyabrda Toshkentga gastrol safari uyushtiradi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori Mark Krossiga tayanib.
“Noyabrda ‘Globus’ Toshkentga tashrif buyuradi va O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ‘Gamlet’ spektaklini namoyish etadi”, — dedi Krossi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gastrol doirasida britaniyalik teatr rejissorlari va mutaxassislar ishtirokida turli seminarlar, ma’ruzalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Shekspirga qiziqish hech qachon so‘nmaydi. Besh yil avval Toshkentdagi ‘Ilhom’ teatrida ‘Gamlet’ning zamonaviy postanovkasi qo‘yilgan edi, endi toshkentlik tomoshabinlar uni britaniyaliklar ijrosida ko‘ra olishi mumkin bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Krossi.
Izoh (0)