O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini tashqi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha tadbirlar doirasida “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi “Buyuk Ipak yo‘li” DUK reklama agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun 10 sabab” tarqatma broshyurasini rus va ingliz tillarida chop ettirdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Keyingi oylarda bunday broshyuralar fransuz, nemis, italyan, ispan, yapon, xitoy, koreys va arab tillarida nashr etiladi.
Broshyuralar xorijdagi xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalarida O‘zbekiston milliy stendlarida, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK samolyotlari bortida, sayyohlik sohasiga bag‘ishlangan taqdimot va seminarlarda tarqatiladi.
Izoh (0)