16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Yaponiyada tashkil etiladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi jamoa ishtirok etadigan ushbu turnir 6-12-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘zbekistondan tashqari Polsha U-17, Yaponiya U-17 hamda Xirosima shahri terma jamoasi ishtirok etadi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining ushbu musobaqadagi barcha raqiblari ulardan bir yosh katta futbolchilardan iborat jamoalardir.
O‘zbekistonlik o‘smirlar 8-avgust kuni Polsha U-17 termasiga qarshi, 11-avgust kuni Yaponiya, 12-avgust kuni esa Xirosima jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Izoh (0)