Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Daniyada o‘tkazilgan Jahon kubogining 3-bosqichida O‘zbekiston termasi a’zosi Gerasim Kochnev kumush medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar qiladi “12news.uz”.
O‘zbekistonning amaldagi chempioni Kochnev 1000 metr masofaga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda 4.18,856 natija bilan ikkinchi bo‘ldi. Uni germaniyalik Sebastyan Brendel (4.18,428) ortda qoldirdi.
Kuchlik uchlikni rossiyalik Ilya Shtokalov (4.23,672) yakunlab berdi.
Izoh (0)