“Barselona” hujumchisi Lionel Messining 2015-yildagi ajoyib formasi futbolchining o‘z jismoniy tayyorgarligi ustida ishlagani va vazn tashlagani bilan bog‘liq. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashriga tayanib, “Soccer.ru” xabar qilmoqda.
O‘tgan yilga qaraganda Messi 4—5 kilogrammga ozgan.
Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, Messining o‘yinlari 2013 va 2014-yillarda pasayib ketgandi. Ushbu yillarda argentinalik futbolchi “Oltin to‘p”ni ham Krishtianu Ronalduga boy berib qo‘ydi. Ammo joriy mavsumda u yana o‘z holatiga qaytdi hamda jamoasining Primero va Ispaniya Kubogidagi g‘alabalarida, bundan tashqari kataloniyaliklarning YeChL finaliga chiqishida asosiy rolni o‘ynadi.
Izoh (0)