Tojikistonning Xatlon viloyati Qubodiyon tumanida yashovchi ikki ayol o‘z qaynonasini shafqatsiz tarzda o‘ldirganlikda ayblanmoqda, deya xabar berdi “News.tj”. Ular ayolni ayamasdan do‘pposlab, so‘ng yoqib yuborgan.
Oygul va Safargul Pardayevalar o‘tgan yil dekabrida oldindan kelishib olib, o‘z qaynonasi Norgul Azimovani do‘pposlab, yoqqan, so‘ng kuygan jasadni daryoga tashlagan.
2015-yil yanvarida uning o‘g‘illari onalari yo‘qolgani haqida ichki ishlar bo‘linmasiga ariza bergan. Tezkor-qidiruv tadbirlari ayolni uning ikki kelini o‘ldirganini ko‘rsatdi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Har ikkala ayol so‘roq chog‘ida jinoyatni amalga oshirganligini tan oldi.
Izoh (0)