2015-yil 24-may kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozori hududida 23 yoshli mahalliy aholi vakili 27 yoshli ayolning sumkasidan ma’lum miqdordagi puli va Lenovo mobil telefonini ochiqdan-ochiq tortib oldi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
U talonchilik ishini sodir etayotganida shu erda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi va jinoyat to‘liq fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)