O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Allbiz Xalqaro internet-tijorat markazi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Memorandumning maqsadi tomonlarning Palataga a’zo kompaniyalarning eksport salohiyatini yaxshilash, www.uz.all.biz elektron maydonchasi imkoniyatlaridan foydalangan holda tovar va xizmatlarni eksportga faolroq jalb etish sohasidagi hamkorligini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolari uchun paket narxining 20 foizi miqdorida chegirmalar belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)