Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi himoyachisi, o‘zbekistonlik Vitaliy Denisov jamoa muxlislariga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Kuban”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (1:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlasharkan, Denisov jumladan shunday dedi: “O‘yinda vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, ammo omadimiz kelmadi. 2-taym boshida tashabbusni qo‘lga oldik va Nyassening chetlatilishidan so‘ng ham ruhimiz cho‘kmadi. Chorluka tajovuzkorroq o‘ynash uchun jamoani oldinga boshladi”.
Denisov, shuningdek, mavsum yakuniga yetayotganiga ham e’tiborni qaratdi: “Muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mavsum tugayapti. Sabrlarni jamlab, vizalarni rasmiylashtirib, Yevropa ligasini kutamiz”.
Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Denisov futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi himoyachilaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)