Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari U-18 terma jamoasiga qarshi Toshkentda ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazadi, deb xabar qiladi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
BAA U-18 terma jamoasi Toshkentga 27-may kuni yetib keladi.
Jasur Abduraimov jamoasi BAAga qarshi har ikki o‘yinni Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkazadi. Dastlabki o‘yin 29-may kuni bo‘lib o‘tsa, jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 31-may kuni o‘tkazilishiga kelishib olingan.
Har ikki o‘yin soat 17:00 da boshlanadi.
Izoh (0)