Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi prezidenti Sergey Galitskiy jamoa futbolchilari haqida fikr bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Jamoa futbolchilari orasida eng yaxshi rivojlanishga erishgani Sergey Petrov bo‘lib turibdi. To‘g‘ri, Odil Ahmedov mavsumni juda kuchli o‘tkazmoqda. Shuningdek, Pereyra, Ari, Grankvist va Mamayevlar haqida ham shunday deyish mumkin. Ammo biz bu futbolchilardan aynan shunday o‘yin kutgan edik. Petrovning kuchayishga erishganini esa alohida e’tirof etish lozim”, — deydi mutasaddi.
O‘zbekistonlik Odil Ahmedov 2014-yildan beri “Krasnodar” safida to‘p surib keladi. U joriy mavsumda jamoasi bilan Rossiya Premyer-ligasida 3-o‘rinda bormoqda va kumush medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Izoh (0)