O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqich javob uchrashuvi doirasidagi “Guanchjou Evegrand” (Xitoy) – “Seongnam” (Janubiy Koreya) o‘yinini boshqaradi. Shu maqsadda hakam o‘z brigadasi bilan 25-may kuni Xitoyga yetib bordi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Osiyoning besh karra eng yaxshi hakamiga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam beradi. Bu ikki klubning o‘tgan hafta Koreyada o‘tkazilgan ilk o‘yinida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchgan edi. “Guanchjou Evegrand” – “Seongnam” o‘yini 27-may kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov va uning brigadasi 19-may kuni Dohada bo‘lib o‘tgan OChL 1/8 final bosqichi doirasidagi “As Sadd” – “Lahviya” o‘yinini ham boshqargan edi.
Izoh (0)