Tezkor javob qaytarish bo‘yicha birlashgan arab kuchlari iyun oxirigacha shakllantiriladi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru” Qohiradagi Arab davlatlari ligasi mamlakatlarining qurolli kuchlari rahbarlari majlisida yangragan bayonotga tayanib.
Hamkorlikdagi arab armiyasini yaratish g‘oyasi fevraldayoq Misr prezidenti Abdul Fattoh as Sisiy tomonidan ilgari surilgan edi. Loyiha mart oxiridagi Arab davlatlari ligasi sammitida tasdiqlangan edi. Bunga Yamandagi nizolar asosiy sabab bo‘lib xizmat qildi.
Bo‘lajak birlashgan armiyaning bosh vazifasi zarur bo‘lgan vaqtda tezkorlik bilan harbiy aralashuvni amalga oshirish, shuningdek har qanday arab davlatida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlab turishdan iborat bo‘ladi.
Izoh (0)