Torun shahriga saylovchilar bilan uchrashish maqsadida tashrif buyurgan Polsha prezidenti Bronislav Komorovskiyga hujum qilishga urinishdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Komorovskiy Torun ratushasi binosiga kirib kelgan vaqtda olomon ichidan bir kishi otilib chiqib, “prezident tomon katta tezlikda yaqinlashib kela boshlagan”. Komorovskiyning yonida turgan politsiyachi uni ehtimoliy hujumdan saqlab qolgan.
Xabar berishlaricha, politsiya hodisa aybdorini hibsga olgan, hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24-may kuni Polshada prezident saylovining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi. Unda Polshaning amaldagi prezidenti Bronislav Komorovskiy va muxolifat nomzodi Andjey Duda kurash olib boradi.
Izoh (0)