Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining so‘nggi turida “Barselona” o‘z maydonida “Deportivo”ni mag‘lub eta olmadi. “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi.
Qayd etish joiz, o‘yindagi natija ko‘proq mehmonlar uchun ahamiyatli edi – jamoa musobaqadagi o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun kurash olib borayotandi. “Barselona” esa muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgandi, mazkur o‘yindan so‘ng esa jamoaga chempionlik kubogi topshirildi.
Shu kuni yarim himoyachi Xavi “Barselona” tarkibida so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. U professional futbolchilik faoliyatini boshlaganidan buyon shu jamoada to‘p surib kelayotgandi. 35 yoshli futbolchi faoliyatini endi Qatarning “As-Sadd” jamoasida davom ettiradi.
Izoh (0)