“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 2014/15-yilgi mavsumidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
Portugaliyalik hujumchi 34 ta o‘yinda 48 ta gol kiritib, “Barselona” hujumchisi Lionel Messidan 5 ta golga o‘tib ketdi. Messi hisobida 38 ta o‘yinda 43 ta gol bor.
Ushbu ko‘rsatkich Ronaldu uchun shaxsiy rekord hisoblanadi. U shu paytga qadar bir mavsumda eng ko‘pi bilan 46 ta gol kiritgandi.
23-may kuni yakunlangan Ispaniya chempionatining 2014/15-yilgi mavsumida “Barselona” chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi, “Real” esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)