Buxoro shahridagi sobiq yog‘ ekstraksiya zavodi hududidagi 13,4 gektarlik maydonda yangi turar-joy mavzesi barpo etiladi. Bu haqda “Narodnoye slovo” gazetasiga tayanib “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Mavzeda 486 ta oilaga mo‘ljallangan 57 ta ikki va uch qavatli uylar quriladi. Shuningdek, bu yerga ikkita sport majmuasi, tennis korti, bolalar maydonchalari, savdo markazi va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari joylashtiriladi.
Qurilish loyihasi “Buxoroqurilishloyiha” instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. U tijorat banklari va tadbirkorlar mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi. Mavze qurilishida viloyatning jami 27 ta pudrat tashkilotlari ishtirok etadi.
Izoh (0)