Urganch davlat universiteti xodimlari “Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarining ishga joylashish monitoringini yuritish tizimi” dasturini taklif etdi, deya xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi rasmiy sayti.
EHM dasturi oliy ta’lim muassasalarini bitirib, ishga taqsimlanayotgan talaba (bakalavr va magistr)larning ishga joylashish monitoringini yuritishga mo‘ljallangan. U Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan va asosan oliy ta’lim muassasalari marketing bo‘limi va fakultetlarda muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin.
Dastur tarmoqda ishlashga mo‘ljallangan va veb-texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan. U barcha bitiruvchilarning ishga joylashish monitoringini yuritish uchun zarur (qayerda ishlayotgani, oylik ish haqi, ishga qabul qilingan sanasi, buyruq raqami va shu kabi) axborotlar bilan to‘ldirilib ma’lumotlar bazasi tashkil qilinadi, statistik hisobotlar shakllantiriladi. Hammualliflarga ushbu dastur uchun № DGU 03077 raqamli guvohnoma berildi.
Izoh (0)