19-may kuni Kambodja janubi-sharqidagi Svayriyeng provinsiyasida sayyohlik avtobusi va furgon to‘qnashib ketishi natijasida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, yana 5 kishi jabrlandi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Qurbon bo‘lganlar to‘qimachilik zavodi ishchilaridir. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 07:00 (Toshkent vaqti bilan 05:00)da sodir bo‘lgan.
“Ishchilar joylashgan furgon Vyetnamdan Pnompenga harakatlanayotgan sayyohlik avtobusi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yigirma bir kishi halok bo‘ldi”, — dedi Svayriyeng provinsiyasi politsiya boshlig‘i Koyeng Xorn.
Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Politsiya to‘qnashuv sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)