Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nevarasi shahzoda Garri Avstraliyadagi sayohati chog‘ida timsohni tutishga yordam berdi, deya xabar qilmoqda BBC News.
Shahzodaning safari suratlari internetda paydo bo‘ldi. Ularda qirollik oilasi a’zosi qayiqda og‘zi bog‘langan yirtqich ustida o‘tirganini ko‘rish mumkin.
Timsohning uzunligi uch metrga yetadi. Uni Darvin shahri yaqinida bandargohdagi tuzoqdan chiqarib olishgan. Yovvoyi tabiat qo‘riqchisi reynjer Erin Britton ta’kidlashicha, shahzoda o‘z vazifasini a’lo darajada bajargan va “katta ishni amalga oshirgan”.
Garrida mamlakat haqida unutilmas taassurotlar qolishi uchun uni bu ishga jalb qilishgani aytilmoqda.
Izoh (0)