AQShning Florida shtatida uch yoshli bola bir yashar singlisining yuziga to‘pponchadan o‘q uzdi, deb xabar qiladi “Exo Moskvi”.
Hodisa 15-may, juma kuni tunda Venis shahrida sodir bo‘lgan. Politsiya bergan xabarga ko‘ra, yosh qizaloqning ahvoli noma’lum, ammo u yashab ketishi kerak. Aka-singil bolalar bog‘chasi yaqinidagi avtoturargohda avtomobil ichida yolg‘iz qoldirilganligi xabar qilinmoqda.
Oldinroq, AQShning Ogayo shtatida ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgandi.
Izoh (0)