Yaponiyaning Kavasaki shahridagi mehmonxonada yuzaga kelgan yong‘in tufayli kamida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi jabrlandi, deb xabar qiladi “Kommersant”.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in tunda sodir bo‘lgan. Inshoot yog‘ochdan qurilganligi sababli olov tezda gurillab yonib ketgan.
20 dan ortiq o‘t o‘chirish guruhlari alangaga qarshi kurashdi. Tongga yaqin yong‘in o‘chirildi, ammo bino butunlay yonib ketdi. Mehmonxona 60 kishining yashashi uchun mo‘ljallangandi.
Izoh (0)