AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton va uning rafiqasi Hillari Klinton 2014-yil boshidan beri omma oldidagi chiqishlarida 25 million dollar ishlab oldi. Ularning moliyaviy deklaratsiyasida aynan shu raqamlar keltirilgan, deb xabar qiladi The Washington Post.
Bundan tashqari, Hillari Klinton iyun oyida chiqarilgan “Og‘ir qarorlar” kitobi uchun 5 million dollar mualliflik haqi oldi.
Hillari Klinton davlat kotibi lavozimini tark etganidan beri uning chiqishlardagi gonorari 300 ming dollarni tashkil qilyapti.
12-aprel kuni Hillari Klinton prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini qo‘ymoqchiligini ma’lum qildi. AQSh prezidenti Barak Obama uning “ajoyib prezident” bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Ichki saylovlarda Klintonning raqibi senator Byorni Sanders bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)