Xitoy janubida avtobus bekatiga yashin urilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi tan jarohati oldi. Shanghai Daily’ning xabar berishicha, hodisa 15-may, juma kuni Guansi-Chjuan muxtor tumanining Lyuma qishlog‘ida yuz bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, odamlar kuchli yomg‘irdan saqlanish maqsadida bekat ichiga kirib olgan vaqtda yashin kelib urilgan. Jabrlanuvchilar kasalxonaga yetkazilgan, shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchilardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir.Fevral oyi oxirida Tanzaniyada 22 kishi bo‘lgan maktab sinfiga yashin kelib urilgandi. Hodisa natijasida to‘rt o‘quvchi va ularning o‘qituvchisi hodisa joyida halok bo‘lgan, 17 o‘quvchi tan jarohati olgandi.
2014-yil dekabrida esa AQSHning Florida shtati Tampa shahridagi avtoturargoh yashin urilgan va natijada 12 kishi jabrlangandi. Ularning yetti nafari kasalxonaga yotqizilgan, besh nafariga hodisa joyining o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilgandi.
Izoh (0)