2015-yil 14-may kuni Toshkent vaqti bilan 18:25da yirik 1999 FN5 asteroidi Yer shariga juda yaqinlashdi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.
Diametri taxminan bir kilometr, og‘irligi bir necha yuz ming tonna bo‘lgan asteroid va Yer orasidagi masofa 10 million kilometrgacha qisqardi – bu Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 26 marta ko‘p.
Orbitasining ko‘rsatkichlari bo‘yicha ushbu fazoviy jismni Yer atrofida harakatlanuvchi, apollonlar deb ataluvchi asteroidlar guruhiga kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu guruhga mansub olti mingga yaqin obyekt ma’lum.
NASA mutaxassislarining qayd etishlaricha, ushbu asteroid Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, agentlikning o‘zi bu fazoviy jismni Yer atrofida harakatlanuvchi xavfli fazoviy jismlar ro‘yxatiga kiritmagan.
Izoh (0)