Filippin poytaxti Maniladagi poyabzal fabrikasining yonib ketgan binosida kamida 45 kishining jasadi topildi, deya xabar bermoqda “TASS” mamlakat hukumatiga tayanib.
Yong‘in 13-may, chorshanba kuni boshlanib, yetti soat davomida shiddat bilan davom etdi.
Marhumlarning barchasi alangadan qochishga ulgurmagan fabrika ishchilaridir. Yana 26 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanilmoqda.
Maniladagi fabrika binosi yonib kul bo‘lgan va u qulab tushishi mumkin, bu esa o‘t o‘chiruvchilar ishini qiyinlashtirmoqda.
Olov ta’mirlash ishlari chog‘ida yuzaga kelgan, taxminlarga ko‘ra, bunga payvandlash ishlari sabab bo‘lgan.
Izoh (0)