Tailand janubidagi Songgkxla provinsiyasida politsiyachilar qulfurushlar tomonidan foydalanilgan lagerlardan birida uch kishining jasadini kovlab oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Aniqlangan lager bo‘sh bo‘lib chiqdi. U chakalakzorlar orasiga yashirilgan bo‘lib, Malayziya bilan chegaradan bir necha yuz metr narida joylashgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda 10 kun avval odam savdogarlari 200 nafar noqonuniy muhojirlarni saqlab turib, ularni Malayziyaga sotishga tayyorlangan.
Qulfurushlar qo‘liga tushgan qochoqlarni ommaviy ko‘mish holati birinchi marta Tailand janubida 1-mayda aniqlangan edi. Ayni paytda ommaviy mozor joylarida topilgan jasadlarning umumiy soni 35 taga yetdi.
Izoh (0)