GM Uzbekistan AJ QK 2015-yilning yanvar—aprel oylarida Rossiyaga avtomobil sotish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59 foizga kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib, UzDaily xabar berdi.
To‘rt oy davomida Rossiyaga jami 7064 ta mashina sotilgan, biroq aynan qaysi modellar qanday hajmda sotilgani haqida ma’lumot taqdim etilmadi.
Aprelda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 63 foizga kamayib, 1653 donagacha tushib ketdi.
2015-yilning yanvar—aprelida GM Uzbekistan AJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,4 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 2,1 foizga teng bo‘lgan.
2015-yilning to‘rt oyi yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 21-o‘rinni egalladi. Daewoo Gentra 2015-yilning aprelida bestsellerlar yuqori 25 taligiga kirdi.
Izoh (0)