Rossiyada Daewoo brendi ostida xizmat ko‘rsatadigan GM Uzbekistan’ning savdo ko‘rsatkichlari 85,2 foizga qisqardi. Bu haqda Auto.mail.ru xabar bermoqda.
Kompaniya aprel oyida jami 405ta, xususan, 319ta Gentra (Chevrolet Lacetti 2’ning Rossiyadagi nomi), 19ta Nexia avtomobilini sotdi.
2015-yil boshidan beri esa GM Uzbekistan Rossiyada 1867ta avtomobil sotgan bo‘lgan bo‘lib, bu 2014-yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 78 foizga kam.
Umuman, Rossiya avtomobil bozorida aprel oyida savdo ko‘rsatkichlari 50,2 foizga, 2015-yil boshidan beri esa 51 foizga qisqargan.
Aprel oyida Rossiya bozorida faqat Rolls-Royce (57 foizga) va Porsche (16,9 foizga) o‘z savdo ko‘rsatkichlarini yaxshilashga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)