Aktyor Sanjar Shodiyev “7x7” gazetasi bilan suhbatda kelajakda qaysi obrazlarni yaratmoqchi ekanligini gapirib berdi.
“O‘zimni katta-kichik rollar bilan avrab yuribman. Ammo asl niyatimni aytsam: men Munnaboy rolini o‘ynamoqchiman. Bu rolni shunday maromiga yetkazib ijro etayki, tomoshabinlar ‘Haqiqiy Munnaboy Hindistonda emas, balki o‘zimizda’ deb aytishsin. Hozirda bor kuchimni shunga safarbar etganman.
Shu bilan birga, fe’l-atvorimga mutlaqo teskari rolni o‘ynashni xohlayman. Masalan, jiddiy, qovog‘idan qor yog‘adigan odamlarni gavdalantirish niyatim bor. Husayn Boyqaro rolini o‘ynash esa eng katta orzuim”.
Sanjar Shodiyev hozirgi kunda nimalar bilan band ekanligini ham aytib o‘tdi.
“Ayni paytda ikkita film ssenariysi ustida ish olib boryapman. ‘O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim’ deb nomlangan birinchi filmni nafaqat yurtimizda, balki AQShda ham tasvirga olish rejada bor. Ikkinchi kartina esa asosan ayollarimiz hayotiga bag‘ishlanadi”.
Izoh (0)