“Darakchi” gazetasida chop etilgan maqolada “Shum bola” filmi ijodkorlari orasida vafot etgan aktyorlar yodga olingandi. Ular qatoriga Omon rolini ijro etgan Saidkarim Saidoripov ham kiritilgandi.
Yuqoridagi ma’lumot film rejissyori Damir Salimovning tasdig‘iga ko‘ra berilgan.
Maqola chop qilinganidan so‘ng, Saidkarim Saidoripovning o‘zi gazeta tahririyatiga qo‘ng‘iroq qilib, “Men ‘Shum bola’dagi Omonman. Tirikman!” deganida, tahririyat a’zolari ham bu gapdan shoshib qolgan. Damir Salimovga qo‘ng‘iroq qilinganda, u ham hayratini yashira olmagan:
“Iye! Rostanmi? Yaxshiyamki, film haqida maqola chop etibsizlar, shu bahonada eski qadrdonimiz, aktyorimiz hayotligi haqidagi xushxabarni eshitdik! Bundan juda xursandman. Ancha ilgari uning vafot etgani to‘g‘risida eshitgandim. Umri uzoq bo‘larkan. ‘Shum bola’dan boshqa filmlarda rol ijro etmagan bo‘lsa-da, Saidkarim ijrosidagi bu rol tomoshabinlarimiz qalbidan o‘chmas joy olgan. Omon bo‘lsin”.
Izoh (0)