Aktrisa Shahzoda Muhamedova “Bekajon” gazetasi bilan suhbatda aktyorlar o‘rtasidagi do‘stlik tushunchasi haqida fikrlarini aytib o‘tdi.
“Menimcha, barcha hamkasblarim bilan do‘stona munosabatdaman. Ammo Asal Shodiyeva bundan mustasno. U san’atga mendan oldin kirib kelgan. Shuning uchun ham uni hurmat qilardim. Garchi tanish bo‘lsak ham salomdan nariga o‘tmasdi. Ba’zi konsertlarda ko‘rib ko‘rmaslikka ham oldi. Anchagacha xafa bo‘lib yurdim, keyin e’tibor bersam, u boshqa aktrisalar bilan ham shunday munosabatda ekan”.
Aktrisa film gonorarini belgilashda nimalarga inobatga olishini ham aytib o‘tdi.
“Ko‘p hollarda filmni suratga olish muddatiga e’tibor beraman. Hozirgi kunda aktrisa loyihadagi liboslarga sarflanadigan xarajatlarni ham o‘z yonidan to‘laydi. Shu sababli, obrazimga qarab ham, ya’ni qanday kiyinishimni hisobga olib ham gonorar moqdorini belgilashim mumkin”.
“Bekajon” gazetasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Shahzoda Muhamedova bir film uchun 2500—3000 AQSh dollari miqdorida gonorar olar ekan.
Izoh (0)