Toshkentda 24-may kuni “Quyoshli shahar” ko‘ngilochar suv majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. UZ24’ning xabar berishicha, tadbirga maxsus mehmon sifatida rossiyalik xonanda Djigan taklif qilingan.
Bundan tashqari, ochilish marosimida sehrgar va ko‘zboylog‘ich Dmitriy Polyakov, Double touch raqs jamoasi va professional bitboksyorlar ham ishtirok etadi.
Musiqiy va raqs kayfiyatini Sonata guruhi va DJ Petishka qo‘llab-quvvatlab tursa, Maksim va Yuliya Berlinovlar tadbir boshlovchilari sifatida xizmatda bo‘lishadi.
Izoh (0)