Ispaniya professional futbol ligasi (LFP) mamlakat futbol federatsiyasi (RFEF)ni ichki musobaqalar to‘g‘risidagi qarori uchun sudga berdi, deya xabar bermoqda “Championat.com”.
LFP rahbariyati fikricha, RFEF’da bunday xatti-harakat uchun hech qanday asos yo‘q. LFP qaror qabul qilishda qatnashganlarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.
Shu voqealar munosabati bilan LFP 11-mayda barcha klublar ishtirokida bosh assambleya o‘tkazadi.
Avvalroq Ispaniya futbol federatsiyasi joriy yilning 16-mayidan barcha uy turnirlarini o‘tkazishni to‘xtatgani, bunday qaror qabul qilinishiga mamlakat hukumati bilan kelishmovchiliklar sabab bo‘lgani xabar berilgan edi. Ispaniya futbol federatsiyasi sport tadbirlarini namoyish etish huquqini sotish bo‘yicha kollektiv kelishuvlarga tegishli yangi qonundan norozi.
Shu tariqa, Primeraning so‘nggi bosqichlari va Ispaniya Kubogi finali o‘tkazilmasligi xavfi bor.
Izoh (0)