To‘pponchadan o‘q otish sporti bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasidagi jahon kubogi g‘olibi Server Ibragimov pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Jahon kubogi sovrindorini taqdirlash marosimi 6-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. U Polshada 2015-yilning aprel oyida o‘tkazilgan o‘q otish bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasidagi jahon kubogida dunyo rekordini yangilagandi.
Sportchiga O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘q otish federatsiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Bundan tashqari, 2016-yilda Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya olgan Ibragimovga Madaniyat va sport ishlari vazirligi qaroriga binoan har oy yordam puli ajratiladi.
Izoh (0)