Filippinlik bokschi Menni Pakyao amerikalik bokschi Floyd Meyvezer bilan jang oldidan jarohatini yashirgani uchun 4 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, deb xabar beradi “Sportbox.ru”.
Pakyao jangdan 3–4 hafta oldin yelkasini shikastlab olgan. Shu hafta oxirida u operatsiya qilinadi. Operatsiya tufayli filippinlik bokschi yarim yil davomida mashg‘ulot o‘tkaza olmaydi. Jangdan oldin ikkala bokschi ham so‘rovnoma to‘ldirgandi va jarohat bor-yo‘qligi haqidagi bandga Pakyao salbiy javob bergandi.
Jang bo‘lib o‘tgan Nevada qonunlariga ko‘ra, ataylab yolg‘on ko‘rsatma bergan shaxs jazoga tortiladi. Bu turdagi jinoyat sodir etganlar 1 yildan 4 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi va 5 ming dollar jarima to‘lashi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, hakamlar ovoziga ko‘ra, Meyvezer Pakyao ustidan g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)