29-aprel kuni O‘zbekistonga Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi yetib keldi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamanti direktori o‘rinbosari Daniyela Gressani rahbarligidagi delegatsiya 14-maygacha O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida, Moliya vazirligi va boshqa muassasalarda muzokaralar o‘tkaziladi.
Jamg‘arma vakillari hukumat a’zolari, shuningdek fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari bilan uchrashmoqchi.
Izoh (0)