Navoiy shahar hokimi Ne’matillo Axatov farmoyish imzoladi, unga muvofiq shaharda maxsus dispetcherlik ximati (1055) yaratiladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
U kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi kamchiliklar, ko‘p qavatli uy-joy fondida, barcha injenerlik tarmoqlarida sodir bo‘lgan nosozliklar va kamchiliklarga tezkorlik bilan e’tibor berish, sodir bo‘lgan salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida tuziladi.
Shahar elektr tarmoqlari uchastkasi, “G‘arbgazta’minoti” UK shahar filiali, “Suvoqava” IChB, Obodonlashtirish boshqarmasi o‘z korxonalarida tashkil etilgan dispetcherlik xizmatlari xodimlaridan ish joyini shahar hokimligi “Maxsus dispetcherlik xizmati” xonasida belgilangan tartibda tasdiqlangan jadval asosida ishni tizimli tashkil etishi belgilandi.
Izoh (0)