O‘zbekistonning 2015—2019-yillar uchun yangi “transport dasturi” 10 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda 28-aprel kuni Toshkentda xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, mahalliy va xorijlik ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda transport va tranzit rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan muloqotda ma’lum qilindi.
Dasturning asosiy yo‘nalishlari 2400 kilometrlik O‘zbekiston milliy avtomagistralini yanada rivojlantirish, 300 kilometrga yaqin umumiy foydalanish yo‘llarini qurish, 900 dan ortiq yo‘l ta’mirlash bo‘yicha eng yangi texnikalarni olib kelish, temir yo‘llarni elektrlashtirish bo‘ladi.
Qayd etilishicha, 2011—2015-yillarda O‘zbekistonda transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan.
Izoh (0)