O‘zbekiston Adliya vaziri buyrug‘i bilan tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganligi, nikoh bekor qilinganligi, vafot etganlik to‘g‘risidagi dalolatnomalarning elektron shakllari tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “Reviews.uz”.
Hujjatda belgilanishicha, dalolatnomalar qaydlarining elektron shakli nusxasi qog‘oz shakli kabi FHDYo organi mudiri, inspektor tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Vafot etganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma qaydini to‘ldirish vaqtida FHDYo organiga marhumning pasporti taqdim etilmasa, tegishli hujjatning rekvizitlarni to‘ldirish uchun mo‘ljallangan satriga “Taqdim etilmadi” deb, “Qaydlar uchun” grafasiga esa uning taqdim etilmagani sababi kiritiladi.
Izoh (0)