O‘tgan hafta Nepalda yuz bergan zilzila natijasida bir necha qor ko‘chkisi qayd etilganiga qaramay, kelasi haftadan Yerning eng baland cho‘qqisi – Everestga ko‘tarilish mumkin bo‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Nepalda 25-aprel, shanba kuni 7,9 magnitudali zilzila ro‘y bergan bergandi. Zilzila natijasida Everest hududida qor ko‘chkisi ro‘y bergan, o‘nlab odamlar halok bo‘lgani va tan jarohati olgani ma’lum qilingandi.
“Keyingi ikki-uch kun davomida ko‘targichlar ta’mirdan chiqariladi va cho‘qqiga ko‘tarilish mumkin bo‘ladi, ekspeditsiyalarni to‘xtatish uchun hech kimda sabab yo‘q”, - dedi Nepal sayyohlik departamenti rahbari Tulsi Gautam.
Avvalroq, shanba kuni ro‘y bergan qor ko‘chkisi natijasida 65 kishi, yakshanba kuni kuzatilgan ko‘chki oqibatida esa 18 kishi halok bo‘lgani, ularning aksariyati chet el fuqarolari ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Umuman, Nepaldagi zilzila va undan keyingi aftershoklar natijasida halok bo‘lganlar soni 5,5 mingdan oshib ketdi.
Izoh (0)