Shahrisabzdagi Tagichinor va Guliston mahallalari hududidan Temuriylar davriga mansub sangtaroshlik namunalari hamda qurilish ashyolari topildi, deb xabar beradi “Uz24.uz” “Xalq so‘zi” gazetasiga tayanib.
Topilmalardan biri hozirgacha yaxshi saqlangan qabrtoshdir. Undagi bitiklar o‘rganilganda, u Umarshayx Mirzoning o‘g‘li Sayyid Ahmad Mirzoga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, ushbu hududda X-XIV asrlarda masjid bo‘lgan. Ayni paytda tarixiy ashyolarni tadqiq etish orqali ma’lumotlar to‘planmoqda.
Ma’lumot uchun, bu yerda arxeologik qazishmalar jarayonida 1996-yilda o‘sha davrlarga oid pishgan g‘ishtlardan terilgan yo‘lak va kulollik buyumlari topilgan edi.
Izoh (0)