O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2018 ikkinchi saralash bosqichidagi uy o‘yinlari joyi va vaqti ma’lum bo‘ldi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi uy uchrashuvlarini o‘tkazish joyi va vaqti bo‘yicha O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan berilgan taklifni qabul qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z uy uchrashuvlarining barchasini “Bunyodkor” stadionida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Yamanga qarshi kechadigan dastlabki uy uchrashuvi 2015-yilning 3-sentabrida 19:00 da boshlanadi.
Shu yilning 12-noyabr sanasida bo‘ladigan Shimoliy Koreyaga qarshi uy uchrashuvi esa 18:00 da start oladi.
Shuningdek, 2016-yilning 24-martida bo‘ladigan Filippinga qarshi o‘yin va 29-mart kuni o‘tkaziladigan Baxraynga qarshi uchrashuvlar ham 18:00 da boshlanadi.
Izoh (0)