18-aprel, shanba kuni Moskvada “Rossiya go‘zali” tanlovi finali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Unda Ural universiteti talabasi Sofiya Nikitchuk “Rossiya go‘zali — 2015” unvoniga sazovor bo‘ldi. Sofiya oq tilladan ishlanib, marvarid va olmos bilan bezatilgan toj, avtomobil va 3 million rublni qo‘lga kiritdi. U “Dunyo go‘zali” tanlovida Rossiya nomidan ishtirok etadi.
Tanlovda ikkinchi o‘rinni egallagan Vladislava Yevtushenko dunyoning har qanday mamlakatida o‘qish imkonini beruvchi ta’lim grantiga ega bo‘ldi.
Izoh (0)