Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan uyushtiriladigan bayram tantanalari uchun Moskvaga keladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Unda aytilishicha, 16-aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin Tojikistonning Rossiyadagi elchisi Imomuddin Sattorov bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Unda Rossiya-Tojikiston hamkorligining dolzarb masalalari, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Moskvada G‘alabaning 70 yilligiga atab o‘tkaziladigan tantanalarda qatnashishi yuzasidan tayyorgarlik ishlari muhokama qilingan.
Izoh (0)